Google Home kolonkalari tez orada Geminiʼning yirik yangilanishini oladi — faqat pullik obunada
Google Google Home kolonkalari va displeylari uchun Gemini Live tez orada yangilanishini eʼlon qildi. Yangi funksiyalar faqat Google Home Premium obunachilariga ochiladi.

Yangilanishdan soʻng Gemini Live nutqdan nutqqa aylantirishning yangi arxitekturasiga oʻtishi kerak. Google javoblarni sezilarli darajada tezlashtirish va suhbatlarni ravonroq qilishni vaʼda qilmoqda: foydalanuvchi yordamchining gapini boʻlib, sessiyani toʻxtatmasdan mavzuni oʻzgartira oladi.
Rejimni «Hey Google, letʼs chat» buyrugʻi bilan yoqish mumkin boʻladi. Suhbat davomida chatdan chiqmasdan aqlli uy qurilmalarini boshqarish, taymerlar oʻrnatish va eslatmalar qoʻshish imkoniyati paydo boʻladi. Hozir Gemini Live Google Home kolonkalari va displeylarida obuna asosida ishlaydi; Google Home Premium tariflari oyiga $10 dan boshlanadi. Funksiya Google One AI Pro tarkibiga ham kiradi, bu obuna esa Nest qurilmalari uchun xotirani oʻz ichiga oladi.
Yana oʻqing

Xpeng 1–2 yil ichida uylarda gumanoid robotlardan foydalanishni boshlashi mumkin
Texnologiyalar10:52
«Roskosmos» kosmonavtlarga yordam berish va sunʼiy yoʻldosh tasvirlarini yaxshilash uchun sunʼiy intellektdan foydalanadi
Texnologiyalar10:41
