Mavzular
Madaniyat

Jon Lennon 1968-yilgi avval eʼlon qilinmagan The Beatles suratlarida saksofon chalmoqda

Avval eʼlon qilinmagan suratlarda Lennon 1968-yil sentabrida Abbey Road studiyasida «Helter Skelter» qoʻshigʻi yozilayotgan paytda tasvirlangan. U chalishni bilmagan alt-saksofonni qoʻliga olgan.

27-noyabr, 09:53По-русски

Read in English

rollingstone.com

Suratlar 1968-yil 10-sentabrdan 11-sentabrga oʻtar kechasi The Beatles guruhining EMI Studio 2 studiyasidagi sessiyasi vaqtida olingan. Guruh asosiy yoʻlni bir kun avval yakunlagach, «Helter Skelter» uchun qoʻshimcha partiyalarni yozgan.

Suratlar With the Beatles: Mal Evansʼs Illustrated Journey kitobidan joy olgan. Uning muallifi The Beatles guruhini tadqiq qiluvchi Kennet Vomak, nashriyotchi esa Harper Pop. Kitob 1-dekabrda nashrdan chiqqan boʻlib, unda Mal Evans arxividan olingan avval eʼlon qilinmagan yuzlab fotosuratlar, kundaliklar, qoʻlyozmalar va boshqa materiallar jamlangan.

Guruhning yoʻl menejeri va yaqin yordamchisi boʻlgan Evans oʻsha kechasi truba bilan Lennonga qoʻshilgan. U cholgʻuni bir kun avval tushdan keyin ishlatilgan buyumlar doʻkonidan topgan. Evans kundaligida ularning duetini «puflama cholgʻular chalayotgan ikki sochdor» deb atagan: Lennon saksofonda, u esa trubada chalgan. Har ikki musiqachi ham avval oʻz cholgʻularini sinab koʻrmagan edi, biroq ularning partiyalari qoʻshiqning yakuniy versiyasida eshitiladi.