Mask toʻqqizta dvigatel va qariyb 150 metr balandlikka ega Starship V4 haqida soʻzlab berdi
Starship raketasining keyingi versiyasi toʻliq yigʻilgan holatda taxminan 150 metrga yetishi, uning yuqori bosqichida esa oltita emas, toʻqqizta dvigatel boʻlishi kutilmoqda, dedi SpaceX rahbari Ilon Mask. Uning ilk parvozi 2027-yilda kutilmoqda.

Maskning soʻzlariga koʻra, Starship V4 kemasining uzunligi qariyb 70 metrni tashkil etadi, yoqilgʻi zaxirasi esa 60 foizdan koʻproqqa oshadi. SpaceX kosmosda ishlashga moʻljallangan uchta Raptor Vacuum dvigatelini qoʻshishni rejalashtirmoqda. Yangi avlod dvigatellari, shuningdek, kattaroq tortish kuchini hosil qilishi kerak.
Taqqoslash uchun, Starship V3 kemasining uzunligi qariyb 52 metr. Super Heavy tezlatkichi bilan birga tizimning balandligi 124 metrga yetadi. Bitta V4 yuqori bosqichining balandligi ikki bosqichli Falcon 9 raketasining balandligi bilan deyarli bir xil boʻladi.
Mask 2025-yil avgustida eʼlon qilgan yoʻl xaritasida V4 uchun toʻliq yigʻilgan holatda 142 metr, kemaning oʻzi uchun esa 61 metr koʻrsatilgan edi. Oʻshanda ilk parvozni 2027-yilda amalga oshirish rejalashtirilgandi. Yangi xabarida Mask oʻlchamlar boʻyicha bahosini qayta koʻrib chiqdi, biroq debyut sanasiga aniqlik kiritmadi.
Bu bayonot Starshipʼning 15-sinov parvozidan keyin yangradi. Kema Starlink V3 yoʻldoshlarini orbitaga olib chiqdi, 14-noyabr kuni esa uchirish minorasi orbitadan qaytgan yuqori bosqichni ilk bor tutib oldi. Oʻsha sinov davomida Super Heavy tezlatkichi suvga qoʻndirishga yoʻnaltirildi.
Yana oʻqing

Xpeng 1–2 yil ichida uylarda gumanoid robotlardan foydalanishni boshlashi mumkin
Texnologiyalar10:52
«Roskosmos» kosmonavtlarga yordam berish va sunʼiy yoʻldosh tasvirlarini yaxshilash uchun sunʼiy intellektdan foydalanadi
Texnologiyalar10:41
