Mavzular
Jamiyat

Cambridge Dictionary sunʼiy intellektdan qoʻrqishlar fonida “human” soʻzini 2026 yil soʻzi deb eʼlon qildi

Shu tariqa lugʻat sunʼiy intellektning identitet, ijodkorlik va insonning oʻziga xosligiga taʼsiri borasidagi xavotirlar kuchayib borayotganini aks ettirdi.

18-noyabr, 15:42По-русски

Read in English

ru.euronews.com

Cambridge Dictionary “human” soʻzini yil soʻzi deb eʼlon qildi. Lugʻat bahosiga koʻra, bu tanlov sunʼiy intellekt insoniyat haqidagi tasavvurlarni qanday oʻzgartirayotgani va odamlar bilan mashinalar oʻrtasidagi chegarani qanday xiralashtirayotgani haqidagi munozaralar bilan bogʻliq.

Lugʻat leksikografi Kolin MakIntosh fikrlashga oid vazifalarni sunʼiy intellektga topshirish odamlarni texnologiyalarga qanchalik bogʻlanib qolganini qayta koʻrib chiqishga majbur qilayotganini taʼkidladi — bu matematik tadqiqotlardan tortib bolalarni oʻqitishgacha boʻlgan jarayonlarni qamrab oladi.

Cambridge Dictionary “human” soʻzini xudolar, hayvonlar yoki mashinalardan farqli ravishda, odamlarga xos fazilatlar, kamchiliklar va his-tuygʻularga ega boʻlgan, deb izohlaydi.

Yil soʻzi unvoni uchun boshqa daʼvogarlar qatorida mustaqil ravishda qaror qabul qila oladigan sunʼiy intellektning avtonom tizimi — “agent”, shuningdek, analog, yaʼni raqamli boʻlmagan dunyo bilan bogʻliq “analogue” soʻzi ham bor edi.

2023 yilda Cambridge Dictionary “hallucinate” soʻzini yil soʻzi sifatida tanlagan. Bu atama sunʼiy intellekt tomonidan yolgʻon yoki chalgʻituvchi axborot yaratilishini ifodalaydi.