Voyager 1 Yerdan bir yorugʻlik kuni masofasiga uzoqlashdi
Voyager 1 kosmik apparati tarixiy rekord oʻrnatdi: 2026-yil 18-noyabrda undan Yergacha boʻlgan masofa 25,9 mlrd kilometrga yetdi. Bu taxminan bir yorugʻlik kuniga teng — radio signali bunday masofani bosib oʻtishi uchun ketadigan vaqt.

Endi Yerdan zondga yuborilgan buyruq taxminan 24 soatda yetib boradi, javob signali uchun ham shuncha vaqt kerak boʻladi.
Voyager 1 1977-yil sentabrida koinotga uchirilgan. Qariyb yarim asr davomida u inson tomonidan yaratilgan, Yerdan eng uzoqda joylashgan obyektga aylandi. Uning yoʻli Yupiter va Saturn yonidan oʻtgan, shundan soʻng apparat Quyosh tizimidan tashqariga yoʻl olgan.
Uning egizagi Voyager 2 hozircha Yerga yaqinroq masofada. Hisob-kitoblarga koʻra, u xuddi shunday masofaga taxminan 2035-yilda yetadi.
Har ikki zond allaqachon yulduzlararo fazoni tadqiq qilmoqda. Yoshiga qaramay, ular ilmiy maʼlumotlarni uzatishda davom etmoqda. Biroq energiya zaxirasi asta-sekin kamayib bormoqda. Shu sababli NASA apparatlarning ishlash muddatini uzaytirishga harakat qilib, ayrim asboblarni oʻchirmoqda.
Yana oʻqing

Xpeng 1–2 yil ichida uylarda gumanoid robotlardan foydalanishni boshlashi mumkin
Texnologiyalar10:52
«Roskosmos» kosmonavtlarga yordam berish va sunʼiy yoʻldosh tasvirlarini yaxshilash uchun sunʼiy intellektdan foydalanadi
Texnologiyalar10:41
