Mavzular
Madaniyat

«Ochlik oʻyinlari» jahon prokatidagi ilk dam olish kunida 225 mln dollar yigʻdi

«Ochlik oʻyinlari: Hosil tongi» filmi Shimoliy Amerika prokatida yetakchilik qildi va jahon miqyosida muvaffaqiyatli start oldi. Dastlabki dam olish kunlarida film qariyb 225 mln dollar daromad keltirdi.

25-noyabr, 15:14По-русски

Read in English

hollywoodreporter.com

Lionsgate studiyasining yangi filmi AQSh va Kanadadagi kinoteatrlarda taxminan 120 mln dollar, xalqaro bozorlarda esa yana 105 mln dollar yigʻdi. Bu Shimoliy Amerika prokatida yilning eng yaxshi beshta startidan biri boʻldi.

Film franshizaning oltinchi qismi boʻlib, avvalgi filmlarda Vudi Harrelson ijro etgan personaj — Heymitch Abernethy tarixini hikoya qiladi. Voqealar asl turkumdagi voqealardan 24 yil avval kechadi.

Bosh rolni Jozef Zada ijro etdi. Filmda, shuningdek, Makenna Greys, Ralf Fayns, Jessi Plemons va El Fanning suratga tushgan. Rejissyor Frensis Lourens boʻlib, u fransizaning avvalgi filmlaridan bir nechtasi ustida ishlagan.

Filmning ishlab chiqarish budjeti taxminan 150 mln dollarga baholanmoqda. Tomoshabinlar CinemaScore tizimida filmga A-minus bahosini qoʻyishdi. Muvaffaqiyatli start 2023 yilda chiqqan avvalgi prikvel — «Ilonlar va sayroqi qushlar balladasi»ning nisbatan kamtarona kassadagi natijalaridan soʻng fransizaning mavqeini mustahkamladi.