Mavzular
Texnologiyalar

Motorolaʼning iPhone Duo raqibi Razr Flex batafsil tasvirlarda sizib chiqdi

Motorolaʼning buklanadigan Razr Flex smartfoni ikki xil rangda tasvirlangan suratlar internetda paydo boʻldi. Model 2027 yil boshida taqdim etilishi mumkin, uning narxi esa taxminan $1 799 boʻlishi kutilmoqda.

20-noyabr, 12:08По-русски

Read in English

9to5google.com

Rasmlarda Dark Botanical Garden — yashil, Coriander esa jigarrang rangdagi versiya sifatida koʻrsatilgan. Orqa panellar toʻqilgan material va teriga oʻxshash qilib ishlangan. Smartfonda ikkita asosiy kamera bor, selfi kameralari esa har ikki displeyga joylashtirilgan.

Diagonali 4,97 dyuym boʻlgan tashqi ekran keng va ixcham koʻrinishga ega. Ichki panel ham shunga oʻxshash keng formatda boʻlib, uning diagonali taxminan 7 dyuym boʻlishi kutilmoqda. Bunday korpus Razr Flexʼni iPhone Duo va Galaxy Z Fold 8’ga raqibga aylantirishi kerak.

Sharnir qurilmani yarim ochiq holatda ushlab tura oladi. Narxi hozircha tasdiqlanmagan: dastlabki maʼlumotlarga koʻra, smartfon taxminan $1 799 turishi mumkin. Motorola yangilikni 2027 yil boshida taqdim etishi kutilmoqda; eng ehtimoliy muddat sifatida yanvar oyidagi CES koʻrgazmasi tilga olinmoqda.