YI sunʼiy intellekt va kvant texnologiyalariga sarmoya kiritish uchun €50 mlrdlik fond tashkil etishni rejalashtirmoqda
Yevrokomissiya Yevropadagi texnologik kompaniyalarga, jumladan, sunʼiy intellekt va kvant yechimlarini ishlab chiquvchilarga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar kiritish uchun €50 mlrdlik fond tashkil etish rejalarini tasdiqladi.

Yevrokomissiya Sovereign Tech Equity Fund fondini ishga tushirish rejalari haqida maʼlum qildi. Fond YI strategik ahamiyatga ega deb hisoblaydigan sohalarga yirik, yuqori xavfli va uzoq muddatli investitsiyalarni qoʻllab-quvvatlashi kerak.
Rasmiylar kompaniyalar biznesini Yevropadan tashqariga koʻchirmasdan va xorijiy xaridorlarga sotmasdan, mintaqa ichida kengayishiga umid qilmoqda. Texnologik suverenitet boʻyicha Yevrokomissar Henna Virkkunen moliyalashtirish yetishmasligi kompaniyalarni mintaqani tark etishga majbur qilmasligi kerakligini aytdi. Hozirda jahon venchur kapitali oqimlarining qariyb 5 foizi Yevropaga toʻgʻri keladi.
Fondning huquqiy asosini kvant texnologiyalari sohasidagi tashabbus — Quantum Act doirasida belgilashmoqchi, biroq moliyalashtirish boshqa strategik sohalar uchun ham ochiq boʻladi. Koʻlami jihatidan yangi vosita €5 mlrd hajmdagi Scaleup Europe fondidan oshib ketadi: Yevrokomissiya uning hajmini €25 mlrdgacha oshirishni rejalashtirmoqda. Tashabbus tafsilotlari fevral oyida taqdim etilishi kerak.
Yana oʻqing

Xpeng 1–2 yil ichida uylarda gumanoid robotlardan foydalanishni boshlashi mumkin
Texnologiyalar10:52
«Roskosmos» kosmonavtlarga yordam berish va sunʼiy yoʻldosh tasvirlarini yaxshilash uchun sunʼiy intellektdan foydalanadi
Texnologiyalar10:41
