SoundCloud rahbari AI musiqasiga moslashuvchanroq yondashuvga chaqirdi
SoundCloud bosh direktori Elayya Seton spam, firibgarlik va aldovga qarshi qoidalarga rioya qilinsa, AI musiqasi maqbul ekanini aytdi. Platforma ikki haftada ikkita hamkorlik tuzdi.

Moises foydalanuvchilari treklarni SoundCloudʼdan xizmatga koʻchirib, ishlab, natijani qayta joylay oladi; Moisesʼda yaratilgan musiqani SoundCloudʼga darhol yuklash ham mumkin. Eleven Music kompozitsiyalarni SoundCloudʼga bevosita yuborish mumkin boʻlgan ilk servis boʻldi. Bu kelishuvlar platformaning 2024-yildan beri AI musiqasi sohasidagi kompaniyalar bilan tuzgan yana 10 ta hamkorligiga qoʻshildi.
Setonning aytishicha, SoundCloudʼda tinglash vaqtining 85 foizi foydalanuvchi kontentiga — remiks, kaver va demo yozuvlarga — toʻgʻri keladi. Platforma AI xatarlarini jilovlab, sanʼatkorlar va yangi ijodkorlar imkoniyatlarini saqlashni muhim deb biladi. Kompaniya past sifatli kontent oqimi va tizimni manipulyatsiya qilish, ustunlik olish yoki tinglovchilarni chalgʻitish uchun AIʼdan aldov bilan foydalanishga toqat qilmasligini bildirdi.
SoundCloud avval ham foydalanish shartlari uchun tanqid qilingan. 2024-yil fevralida servis foydalanuvchi kontentidan AIʼni oʻqitishda foydalanish mumkinligi haqidagi bandni qoʻshdi. Bu 2025-yilda norozilik uygʻotgach, kompaniya bandni olib tashladi. Seton u chalkashlik keltirganini tan olib, kontent generativ modellarni oʻqitishda ishlatilmaganini aytdi.
Yana oʻqing

Lili Jeyms bestseller roman asosidagi «Ovchilar bazmi» trillerida bosh rolni ijro etadi
Madaniyat11:40
«Cheburashka 3» filmining bosh qahramoni yangi qarindoshlari bilan aks etgan ilk treyleri chiqdi
Madaniyat11:09
