Mavzular
Sport

Konor Makgregor tizzasidagi jarohatdan soʻng mashgʻulotlarni tikladi

UFCning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni Konor Makgregor iyuldagi jangda olgan tizza jarohatidan keyin toʻliq mashgʻulotlarga qaytganini bildirdi.

23-noyabr, 16:32По-русски

Read in English

matchtv.ru

Makgregor mashgʻulotlarga qaytganini ijtimoiy tarmoqda yozdi. Uning aytishicha, u yana zalda shugʻullanmoqda, oyoq bilan press va shtanga bilan tortish mashqlarini bajarmoqda, tizzaga tushadigan yuklamani asta-sekin oshirib, portlovchan kuchini rivojlantirmoqda. Sportchi tizzasi jiddiy yuklamalarga tayyorligini, kuchi qaytayotganini va organizmi toʻliq quvvatda ishlayotganini aytdi. Hozir u mashgʻulot yigʻiniga tayyorlanmoqda.

Makgregor oldingi xochsimon bogʻlam va meniskini iyulda Las-Vegasda oʻtgan UFC 329 turnirida amerikalik Maks Xolloueyga qarshi jang paytida shikastlagan. Irlandiyalik sportchi noyabrda navbatdagi jangi UFC bilan amaldagi shartnomasi boʻyicha uning uchun soʻnggisi boʻlishini bildirgan edi. U MMAʼdagi faoliyati davomida 22 ta gʻalabaga erishib, yetti marta magʻlub boʻlgan.