Mavzular
Madaniyat

Robert Dauni-kichik yangi «Qasoskorlar» filmida bosh yovuz qahramon boʻladi

Marvel kompaniyasining Multikoinot dostonini yakunlashi kerak boʻlgan yangi yirik loyihasi — «Qasoskorlar: Doktor Dum» filmining treyleri chiqdi. Robert Dauni-kichik filmda franshizaga qaytadi, biroq bu safar Temir odam obrazida emas, bosh antagonist rolida namoyon boʻladi.

24-noyabr, 12:59По-русски

Read in English

ukr.vgtimes.com

Syujetga koʻra, uch xil koinot qahramonlari butun olamlarni yoʻq qila oladigan tahdidga duch keladi. Filmda Marvelʼning asosiy kinematografik koinoti, «Fantastik toʻrtlik» va «Iks odamlar» franshizasidagi qahramonlarning qaytishi kutilmoqda.

Aktyorlar tarkibiga Florens Pyu, Devid Harbor, Sebastyan Stan, Lyuis Pulman va boshqa yulduzlar kirdi. Shu bilan birga, Benedikt Kamberbetch, Tom Holland va Hyu Jekman kabi bir qator mashhur aktyorlarning ishtiroki hozircha rasman tasdiqlanmagan.

Dastlab «Qasoskorlar»ning beshinchi qismi «Kanglar sulolasi» deb atalishi kerak edi, biroq Marvel rejalarini oʻzgartirib, Doktor Dumni bosh yovuz qahramonga aylantirdi.

Filmning jahon premyerasi 2026-yil 18-dekabrga rejalashtirilgan. Franshizaning navbatdagi qismi — «Qasoskorlar: Maxfiy urushlar» — 2027-yil 17-dekabrda chiqishi kerak.