Mavzular
Sport

Sinnerga operatsiya xavfi bor: tizzani konservativ davolash samara bermadi

Dunyoning ikkinchi raketkasi Yannick Sinner tizzasidagi jarohat yuzasidan mutaxassislar bilan maslahatlashish uchun AQShga borishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Italiyaning Vanity Fair Italy nashri yozdi.

19-noyabr, 16:25По-русски

Read in English

championat.com

Jurnal maʼlumotlariga koʻra, konservativ davolash «Katta dubulgʻa» turnirlarining besh karra gʻolibi kutgan natijani hozircha bermadi. Italiyalik tennischi kortga hali ham qaytmadi: u toʻlaqonli mashgʻulotlarni hanuz tiklaganicha yoʻq.

Sinner jamoasida hozircha operatsiya masalasi muhokama qilinmagan. Biroq oʻrta muddatli istiqbolda bunday ehtimol ham istisno etilmayapti: agar tizzadagi ogʻriq oʻtmasa va davolash ham samara bermasa, jarrohlik aralashuvisiz iloj boʻlmasligi mumkin.

2026-yilgi Uimbldon turniridagi gʻalabasidan keyin Sinner ATPning birorta turnirida ham qatnashmadi.