Mavzular
Iqtisodiyot

Ineos Fransiyadagi zavodini BYDʼga sotishni rejalashtirmoqda

Kompaniya 2028-yilda AQShda Grenadier yoʻltanlamasi va Quartermaster pikapini yigʻishni boshlashni rejalashtirmoqda. Fransiyadagi zavod BYDʼga sotishga tayyorlanmoqda.

25-noyabr, 15:08По-русски

Read in English

caranddriver.com

Ineos Automotive AQShdagi boʻlajak korxona uchun joy tanlamoqda va potensial maydonlar roʻyxatini allaqachon tuzgan. AQSh bozori kompaniyaning jahon boʻyicha savdosining qariyb 70 foizini taʼminlaydi. Shu sababli ishlab chiqarishni asosiy xaridorlarga yaqinroq joyga koʻchirish rejalashtirilmoqda.

Avtomobillarni AQShda yigʻish amaldagi import bojlarining katta qismidan qochish imkonini ham beradi. Hozir Grenadier yoʻltanlamasi va Quartermaster pikapi Fransiyaning Hambax shahridagi zavodda ishlab chiqarilmoqda.

Kompaniya ushbu korxonani Xitoyning BYD kompaniyasiga sotish boʻyicha muzokaralar olib bormoqda. Hozircha mavjud zavod tanlanadimi, yangi korxona quriladimi yoki boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchining boʻsh quvvatlaridan foydalaniladimi — bu masala hal etilmagan. Yakuniy qaror yaqin oylar ichida kutilmoqda. Koʻchirish Ineosʼning butun dunyodagi ishlab chiqarishini qamrab olishi kerak.