Marsda gʻayrioddiy narsa topildi: olimlar uning qanday paydo boʻlganini tushuntira olmayapti
Daedaliya tekisligida bir tekisda joylashgan egri yirik toshlar qatorlari aniqlandi. ScienceAlertʼga tayanib Tengri Life yozishicha, olimlar barmoq izini eslatuvchi naqsh qanday shakllanganini hozircha aniqlay olishmadi.

Qatorlar Mars ekvatoridan uzoq boʻlmagan, vulqonli Farsida hududining baland togʻli qismidagi Daedaliya tekisligida payqalgan. Ularni 2024-yil avgustida NASAʼning Mars Reconnaissance Orbiter orbital apparatiga oʻrnatilgan HiRISE kamerasi suratga olgan.
Taxminan 5 ga 15 kilometrli hududda och rangli yirik toshlar uzun, egri chiziqlar boʻylab tizilib yotgani koʻrinadi. Qatorlar orasidagi masofa 5 metrdan 10 metrgacha. AQSh Geologiya xizmati sayyorashunosi Pol Gayslerning taʼkidlashicha, Marsning boshqa joylarida bunday tuzilmalar topilmagan.
Mumkin boʻlgan izohlardan biri saralangan strukturali grunt bilan bogʻliq. Yerda bunday tuzilmalar sovuq hududlarda muzlash va erishning takroriy sikllari sabab paydo boʻladi: yirik toshlar tuproqdagi mayda zarrachalardan asta-sekin ajralib chiqadi. Daedaliyaning balandliklarida ham shunga oʻxshash jarayon kechayotgan boʻlishi ehtimoldan xoli emas.
Boshqa bir taxmin seysmik tebranishlar taʼsirini nazarda tutadi. Grunt silkitilganda yirik toshlar mayda toshlarga qaraganda yuqoriga koʻtarilishi mumkin — bu Braziliya yongʻogʻi effekti bilan oʻxshash. Biroq hozircha gipotezalarning hech biri tasdiqlanmagan.
Yana oʻqing

Xpeng 1–2 yil ichida uylarda gumanoid robotlardan foydalanishni boshlashi mumkin
Texnologiyalar10:52
«Roskosmos» kosmonavtlarga yordam berish va sunʼiy yoʻldosh tasvirlarini yaxshilash uchun sunʼiy intellektdan foydalanadi
Texnologiyalar10:41
