Mavzular
Texnologiyalar

Belgiyada Yevropadagi eng yirik sunʼiy yoʻldosh zavodi ochildi

Belgiyaning janubida 20 000 kv. m maydonga ega Aerospacelab zavodi ochildi. U yiliga 500 tagacha sunʼiy yoʻldosh ishlab chiqarishi mumkin va IRIS² apparatlarini tayyorlaydi.

26-noyabr, 15:06По-русски

Read in English

cnbc.com

Zavod Belgiya qiroli Filipp ishtirokida ochildi. Belgiya qirollik saroyi maʼlumotiga koʻra, korxona sunʼiy yoʻldosh ishlab chiqarish koʻlami boʻyicha dunyoda uchinchi oʻringa chiqishi mumkin.

Sentabr oyida Aerospacelab Yevropaning IRIS² tizimi uchun 348 ta sunʼiy yoʻldoshning 264 tasini ishlab chiqarishga €2,4 mlrdlik shartnoma oldi. Tizim hukumatlar, institutlar, mudofaa va huquqni muhofaza qiluvchi tuzilmalar, shuningdek, Yevropa aholisi uchun himoyalangan aloqa xizmatini taʼminlashi kerak. Loyiha Starlinkʼka Yevropaning javobi va AQSh kosmik infratuzilmasiga qaramlikni kamaytirish saʼy-harakatlarining bir qismi deb atalmoqda.

Xodimlar zavodga yanvar oyida koʻcha boshlashi, ishlab chiqarish esa 2028 yil oxirigacha yoʻlga qoʻyilishi rejalashtirilgan. IRIS²ʼning dastlabki uchirilishi 2029 yil oxiriga moʻljallangan, shundan keyin ilk xizmatlar ishga tushirilishi kutilmoqda. Avgust oyida Yevrokomissiya va SpaceRISE konsorsiumi loyiha hajmini 282 tadan 348 ta sunʼiy yoʻldoshgacha kengaytirdi, natijada YI hukumatlari uchun himoyalangan aloqaning hisoblangan sigʻimi 60 foizga oshdi.