Mavzular
Texnologiyalar

NVIDIA Xitoyning AQSh sunʼiy intellekt chiplariga kirishini nazorat qilishni kuchaytirmoqda

NVIDIA oʻzining hisoblash akseleratorlari xaridorlarini Xitoy kompaniyalariga hisoblash quvvatlaridan masofadan foydalanish imkonini berish bilan bogʻliq yuzaga kelishi mumkin boʻlgan huquqiy xatarlar haqida ogohlantirdi.

18-noyabr, 17:45По-русски

Read in English

tomshardware.com

Bunday sxema AQSh chiplaridan ularni Xitoyga bevosita olib kirmasdan, xorijdagi maʼlumotlar markazlari orqali foydalanish imkonini beradi.

Bunga javoban AQSh Savdo vazirligi xorijiy kompaniyalarning Amerika texnologiyalariga asoslangan ilgʻor hisoblash resurslariga kirishini cheklashga qaratilgan vaqtinchalik qoidalarni chiqardi.

Shu bilan birga, AQShda Remote Access Security Act (RASA) qonun loyihasi ilgari surilmoqda. U Vakillar palatasida maʼqullangan, biroq hozircha Senatdan oʻtmagan.

Tomʼs Hardware xabariga koʻra, NVIDIA hamkorlaridan ular taqdim etadigan xizmatlarning kamida 51 foizi Xitoydan tashqaridagi mijozlarga koʻrsatilishini talab qilmoqda. Shuningdek, kompaniya rasmiy maqomini saqlab qolish uchun hamkorlarini Fleet Intelligence monitoring tizimiga ulanishga majbur qildi.

Yangi choralar eksport cheklovlarini xorijdagi bulutli platformalar orqali chetlab oʻtish imkoniyatlarini bartaraf etishi va xitoylik sunʼiy intellekt ishlab chiquvchilarining NVIDIAʼning ilgʻor GPUlariga kirishini qiyinlashtirishi kerak.