Robert Pattinsonga millionlab dollarlik ipoteka rasmiylashtirilgani aniqlandi
Aktyor Robert Pattinson 2022-yilda qiymati 5,3 mln dollarlik uy uchun 3 mln dollarlik kredit rasmiylashtirgan. U ipotekani 2052-yilgacha toʻlashi kerak.
21-noyabr, 15:54По-русски

finance.mail.ru
Aktyor Robert Pattinson Gollivud tepaliklaridagi oʻz uyi uchun ipoteka olgan. Toʻlovlar yakuniga yetganda u 66 yoshga kiradi.
Hozir Pattinson, uning qalligʻi Suki Uoterxaus va qizi Beverli-Hillzdagi ijaraga olingan hashamatli uyda yashaydi. Aktyorning ish jadvali sababli oila avvalroq Nyu-York, Nyu-Orlean va Londonning gʻarbiy qismida ham uy-joy ijaraga olgan.
Hashamatli uy ispan mustamlakachilik uygʻonishi uslubida qurilgan. Avval bu uy musiqachi Bek va «Gossip Girl» seriali yaratuvchisiga tegishli boʻlgan; hududni begonalardan tirik devor va darvoza himoya qiladi.
Yana oʻqing

Lili Jeyms bestseller roman asosidagi «Ovchilar bazmi» trillerida bosh rolni ijro etadi
Madaniyat11:40
«Cheburashka 3» filmining bosh qahramoni yangi qarindoshlari bilan aks etgan ilk treyleri chiqdi
Madaniyat11:09
