Mavzular
Iqtisodiyot

Oʻzbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi korxonalar soni 33,6 foizga oshdi

Oʻzbekistonda xorijiy kapital ishtirokidagi faoliyat yuritayotgan korxonalar soni bir yil ichida 33,6 foizga oshdi.

19-noyabr, 14:23По-русски

Read in English

2026-yil 1-noyabr holatiga koʻra, mamlakatda bunday 23 501 ta kompaniya faoliyat yuritgan — bu oʻtgan yilga nisbatan 5 906 taga koʻp. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlari darak bermoqda.

Faoliyat yuritayotgan korxonalar soni boʻyicha eng yirik xorijiy investor boʻlib Xitoy qolmoqda. Xitoy ishtirokida Oʻzbekistonda 7 106 ta kompaniya ishlamoqda. Ikkinchi oʻrinda 3 885 ta korxona bilan Rossiya, uchinchi oʻrinda esa 2 544 ta korxona bilan Turkiya turibdi.

Xorijiy kapital ishtirokidagi biznesning katta qismi poytaxtda jamlangan. Toshkent shahrida 14 534 ta shunday korxona roʻyxatdan oʻtgan boʻlib, bu mamlakatdagi umumiy koʻrsatkichning 61,8 foizini tashkil etadi. Hududlar orasida Toshkent viloyati yetakchilik qilmoqda — kompaniyalarning 13,9 foizi shu viloyat hissasiga toʻgʻri keladi. Keyingi oʻrinlarda Samarqand viloyati (3,5%) va Fargʻona viloyati (3,3%) bormoqda.

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning eng koʻpi savdo, sanoat va qurilish sohalarida faoliyat yuritadi.