Mavzular
Iqtisodiyot

Heyli Biber milliard dollarlik muvaffaqiyatining kutilmagan sirini aytdi

Model va tadbirkor Heyli Biber DealBook sammitida «ijobiy illyuziya» Rhode muvaffaqiyatining sababi boʻlganini aytdi. Rhode e.l.f. Beauty kompaniyasiga 1 mlrd dollarga sotilgan.

20-noyabr, 10:59По-русски
hellomagazine.com

Biber Nyu-Yorkda oʻtkazilgan DealBook sammitida kosmetika brendini sotish uchun boshidanoq minimal narx belgilaganini aytdi. U taklif 1 mlrd dollardan past boʻlsa, bitimga rozi boʻlmasligini hisoblagan, bu maqsadga erishish imkoniyatini esa «optimistik yanglishish» bilan bogʻlagan.

Rhode 2025 yil may oyida e.l.f. Beauty kompaniyasiga oʻtdi. Bu xarid kompaniya tarixidagi eng yirik bitim boʻldi. Biber avval brendni sotishni albatta maqsad qilmaganini, biroq mos taklif va yangi egani koʻrib chiqishga tayyor boʻlganini aytgan. Uning soʻzlariga koʻra, e.l.f. Beauty u bunday kompaniyaga qoʻygan barcha talablarga javob bergan.

Biber teri parvarishiga koʻp yillik qiziqishidan soʻng, 2022 yilda Rhode brendiga asos solgan. Dastlabki 11 kun ichida brend 10 mln dollar savdo qilgan. Tadbirkor ayol oʻgʻli tugʻilganidan keyin ish va shaxsiy hayotidagi oʻzgarishlar bir vaqtning oʻzida yuz bergani sababli bosimni his qilganini aytgan.

Sotuvdan keyin Biber Rhode kompaniyasining bosh kreativ direktori lavozimini saqlab qoldi. U boshqa biznes loyihalarini rivojlantirmoqchi ekanini, biroq shoshilmasligini ham bildirdi.