Mavzular
Iqtisodiyot

Krasnoyarskdan Fargʻona va Samarqandga aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda

Rossiyaning Krasnoyarsk oʻlkasi Oʻzbekiston hududlari bilan hamkorlikni kengaytirish va yangi aviayoʻnalishlarni ochish niyatida. Bu masalalarni Oʻzbekistonning Novosibirskdagi bosh konsuli Aslam Akbarov va Krasnoyarsk oʻlkasi gubernatori Mixail Kotyukov muhokama qildi.

16-noyabr, 17:11По-русски
Александр Черных / press-line.ru

Hozirda Krasnoyarskdan Toshkent va Namanganga muntazam reyslar amalga oshirilmoqda. Kelgusida Fargʻona va Samarqandga parvozlarni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilmoqda. 2026 yil boshidan buyon Oʻzbekiston yoʻnalishidagi yoʻlovchi oqimi 115 ming kishidan oshdi.

Uchrashuvda Fargʻonada boʻlib oʻtgan Sibir kunlari yakunlari ham muhokama qilindi. Tadbirda Rossiyaning olti hududi ishtirok etdi, yakunida hamkorlik toʻgʻrisida 18 ta hujjat imzolandi.

Krasnoyarsk oʻlkasi Fargʻona, Namangan va Surxondaryo viloyatlari bilan memorandumlar tuzdi.

Bundan tashqari, tomonlar 2027 yilning birinchi yarmida delegatsiyalar va tadbirkorlarning oʻzaro tashriflarini tashkil etish rejalarini, shuningdek, sanoat, qishloq xoʻjaligi va turizm sohalaridagi hamkorlikni koʻrib chiqdi.