Mavzular
Siyosat

AQSh harbiy-dengiz kuchlarining uchinchi aviatashuvchisi Yaqin Sharqqa yetib keldi

Atom dvigatelli USS Theodore Roosevelt aviatashuvchisi Yaqin Sharqdagi CENTCOM hududiga kirdi, deb yozadi Axios AQSh vakiliga tayanib. Eronning janubi-sharqida endi uchta aviatashuvchi guruhi bor.

16-noyabr, 11:25По-русски

Read in English

Yetib kelgan guruh tarkibiga USS Chosin raketa kreyseri, USS Paul Hamilton va USS Decatur esminetslari, shuningdek, Seahawk oʻrta hajmli uchuvchisiz suv usti kemasi (MUSV) kiradi. U radioelektron razvedka olib borish, suv usti va suv ostidagi vaziyatni kuzatish hamda erta ogohlantirish uchun moʻljallangan.

Eronning janubi-sharqidagi Arabiston dengizida USS George Washington va USS George Bush aviatashuvchilari jangovar navbatchilikda turibdi. Ularning har birida 48 tadan qiruvchi samolyot joylashtirilgan. Eron yaqinida, shuningdek, kreyser, 11 ta raketa esminetsi va USS Miguel Keith ekspeditsion dengiz bazasi joylashgan.

AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining yana ikki esminetsi Qizil dengizda, toʻrttasi esa Oʻrta yer dengizining sharqiy qismida turibdi. AQSh Harbiy-dengiz instituti maʼlumotlariga koʻra, USS Theodore Roosevelt Yaqin Sharqda 19-avgustdan beri turgan USS George Washington oʻrnini egallashi kutilmoqda. AQSh uchta aviatashuvchi guruhini maʼlum vaqt davomida bir vaqtda mintaqada saqlab qoladimi yoki yoʻqmi, hozircha nomaʼlum.