Toshkentda Gulf brendi ostida yoqilgʻi quyish shoxobchalari tarmogʻini yaratish rejalashtirilmoqda
Poytaxt hokimligi delegatsiyaning Sietlga tashrifi chogʻida AQSh kompaniyasi bilan memorandum imzoladi.

Toshkentda Gulf brendi ostida avtomobillarga yoqilgʻi quyish shoxobchalari tarmogʻini ochish rejalashtirilmoqda. Tegishli hamkorlik memorandumini poytaxt hokimligi va Gulf Petrocas Energy Group imzoladi.
Hujjat 18–19 noyabr kunlari hokim Shavkat Umurzakov boshchiligidagi Oʻzbekiston delegatsiyasining AQShning Sietl shahriga ish safari chogʻida tuzildi. Tomonlar investitsiyaviy hamkorlik istiqbollari hamda Amerika biznesining Toshkentni rivojlantirishdagi ishtirokini muhokama qildi.
Tashrif doirasida delegatsiya Amazon Web Services kompaniyasi bilan axborot texnologiyalari sohasidagi hamkorlik boʻyicha ham muzokaralar oʻtkazdi. Bundan tashqari, 2027 yilda Toshkentda Jahon raqamli konferensiyasini oʻtkazish imkoniyati muhokama qilindi.



