Oʻzbekistonda sportchilarning mashgʻulotlari sunʼiy intellekt yordamida nazorat qilinadi
Sport zallari va stadionlarda aqlli videokuzatuv kameralari oʻrnatiladi.

Oʻzbekistonda mashgʻulot jarayonini nazorat qilish va sport muassasalari faoliyati samaradorligini oshirish uchun sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish rejalashtirilmoqda.
Toʻplangan maʼlumotlarni sunʼiy intellekt tahlil qiladi. Tizim davomatni kuzatishi, mashgʻulotlar sifatini baholashi va istiqbolli yosh sportchilarni aniqlashga yordam berishi mumkin. Olingan maʼlumotlar yagona ERP Sport raqamli platformasiga uzatiladi.
Shuningdek, sport tashkilotlari va federatsiyalari faoliyatini raqamlashtirish ham koʻzda tutilgan. Ular tizimga sportchilar, murabbiylar va musobaqalar haqidagi maʼlumotlarni kiritishlari kerak boʻladi. Muassasalar rahbarlari axborotning ishonchliligi va oʻz vaqtida yangilanib borishi uchun javob beradi.
Yangi texnologiyalar sport sohasini boshqarishni yanada shaffof qiladi va sportchilar tayyorgarligini takomillashtirishga yordam beradi, deb kutilmoqda.
Yana oʻqing

Xpeng 1–2 yil ichida uylarda gumanoid robotlardan foydalanishni boshlashi mumkin
Texnologiyalar10:52
«Roskosmos» kosmonavtlarga yordam berish va sunʼiy yoʻldosh tasvirlarini yaxshilash uchun sunʼiy intellektdan foydalanadi
Texnologiyalar10:41
