NASCAR chempioni poyga avtomobillarini jiddiy oʻzgartirishga chaqirdi
Sobiq amerikalik avtopoygachi va 2014 yilgi NASCAR chempioni Kevin Harvik AQShning asosiy poyga seriyasidagi avtomobillarni modernizatsiya qilishni taklif qildi.

Uning fikricha, hozirgi avtomobillarga quvvat yetishmaydi, kichik texnik oʻzgarishlar esa asosiy muammolarni hal qilmaydi.
Harvik NASCARʼga toʻliq yangi, sakkizinchi avlod avtomobili kerak emas, deb hisoblaydi. Buning oʻrniga u hozirgi Next Gen modelini sezilarli darajada takomillashtirishni taklif qilmoqda va uni shartli ravishda Gen 7.5 deb atadi.
Zarur oʻzgarishlar qatoriga dvigatel quvvatini oshirish, avtomobil tag qismini qayta ishlab chiqish va ehtiyot qismlarni yetkazib berish tizimini qayta koʻrib chiqish kiradi. Poygachining soʻzlariga koʻra, bunday yechimlar qimmatga tushishi va ishlab chiqaruvchilarning noroziligiga sabab boʻlishi mumkin, biroq musobaqalarni yanada tomoshabop qilishga yordam beradi.
Harvik shuningdek, quyi darajadagi poyga seriyalari avtomobillarini jiddiy modernizatsiya qilishga qarshi chiqdi. Uning fikricha, tashkilotchilar avvalo NASCAR Cup Series asosiy chempionatiga eʼtibor qaratishlari kerak.



