Mavzular
Texnologiyalar

Tesla mijozlar uchun oʻrnini bosuvchi avtomobillar oʻrniga robotaksidan foydalana boshlaydi

Kompaniya avtomobillarini taʼmirlash uchun servis markazlariga qoldirgan elektromobil egalariga robotaksini taklif qila boshladi.

19-noyabr, 14:01По-русски

Read in English

teslarati.com

Avval Tesla bunday hollarda mijozga oʻrnini bosuvchi avtomobil berishi yoki maxsus vaucherlar yordamida Uber safar haqini toʻlab berishi mumkin edi. Endi harakatlanish variantlaridan biri Robotaxi boʻlmoqda.

Shu tariqa kompaniya oʻzining avtonom tashuvlar xizmatini asta-sekin nafaqat alohida biznesga, balki mijozlarga xizmat koʻrsatish tizimining bir qismiga ham aylantirmoqda. Bu Teslaʼga yoʻlovchilarni faolroq jalb qilish va Robotaxi auditoriyasini kengaytirish imkonini beradi.

Biroq hozircha oʻrnini bosuvchi avtomobillar va taksi safarlari xarajatlarini qoplashdan butunlay voz kechish haqida gap ketmayapti. Yangi variantning mavjudligi hudud va xizmat imkoniyatlariga bogʻliq.