Mavzular
Jamiyat

Toshkent aholisi renovatsiya vaqtida Yangi Toshkentdan xonadon olishi mumkin

Toshkentda renovatsiyaga tushgan uy-joy mulkdorlari kompensatsiya sifatida Yangi Toshkentdan xonadon olishlari mumkin. Bunday imkoniyat 10 noyabrdagi prezident farmonida nazarda tutilgan.

16-noyabr, 14:20По-русски

Read in English

Yangi qoidalarga koʻra, taqdim etiladigan koʻchmas mulkning qiymati avvalgi uy-joyning baholangan qiymatining 150 foizigacha yetishi mumkin. Poytaxt hokimligida yangi xonadon maydoni ham avvalgisidan bir yarim baravar katta boʻlishi mumkinligi aniqlashtirildi.

Masalan, maydoni 50 kv. m boʻlgan xonadon egasiga 75 kv. m gacha boʻlgan uy-joy taklif qilinishi mumkin. 70 kv. m xonadonga ega oila maydoni 105 kv. m gacha boʻlgan variantni yoki ikkita alohida xonadonni koʻrib chiqishi mumkin.

Biroq bunday shartlar kafolatlanmaydi. Har bir holat koʻchmas mulk qiymati, oilaning ehtiyojlari va mulkdorlarning roziligi hisobga olingan holda individual tarzda koʻrib chiqiladi.

Renovatsiya toʻgʻrisidagi qonunda, shuningdek, uy-joy mulkdorlarining kamida 80 foizi roziligi, kompensatsiyalar taqdim etilishi va rozi boʻlmagan aholiga bosim oʻtkazish taqiqlanishi nazarda tutilgan.