Geely yangi yirik besh oʻrinli Galaxy M8 krossoverini taqdim etdi
Geely yangi Galaxy M8 gibrid krossoverining rasmiy fotosuratlarini eʼlon qildi. Model besh oʻrinli salon, elektr tortish tizimida 251 km gacha yurish zaxirasi va haydovchiga yordam berish tizimlari uchun lidar bilan jihozlangan.

Galaxy M8 GEA Evo platformasida yaratilgan va dizayni jihatidan katta Galaxy M9 modeliga yaqin. Avtomobillarning gabaritlari bir xil, biroq M9 olti yoʻlovchiga, M8 esa besh yoʻlovchiga moʻljallangan.
Yangi modelning uzunligi 5205 mm, eni — 1999 mm, balandligi — 1800 mm. Gʻildirak bazasi 3030 mm ga yetadi.
Kapoti ostiga quvvati 163 ot kuchiga teng 1,5 litrli turbomotor oʻrnatilgan. U qayta zaryadlanuvchi gibrid tizim tarkibida ishlaydi. Elektr qismi hozircha toʻliq ochiqlanmagan. Eʼlon qilingan maʼlumotlarga koʻra, elektr tortish tizimida yurish zaxirasi 251 km gacha yetadi.
Avtomobil tomiga lidar oʻrnatilgan. Haydovchiga yordam berish tizimi shahar va tezyurar yoʻllarda navigatsiya asosida harakatlanish, qatorni almashtirish hamda avtomatik parkovka funksiyalarini qoʻllab-quvvatlashi kerak.
Geely Galaxy M8 avtomobilining Xitoy bozoriga chiqishi 2026-yil oxirigacha kutilmoqda. Narxlar va sotuvlar boshlanishining aniq sanasi hozircha eʼlon qilinmagan.
Yana oʻqing

Xpeng 1–2 yil ichida uylarda gumanoid robotlardan foydalanishni boshlashi mumkin
Texnologiyalar10:52
«Roskosmos» kosmonavtlarga yordam berish va sunʼiy yoʻldosh tasvirlarini yaxshilash uchun sunʼiy intellektdan foydalanadi
Texnologiyalar10:41
