Mavzular
Texnologiyalar

Metaʼning Muse sunʼiy intellekt agenti suhbatlarni aralashtirib yuboradi va shaxsiy maʼlumotlarni oshkor qiladi

Meta xodimlarining taʼkidlashicha, sunʼiy intellekt agenti Muse ayrim hollarda turli akkauntlarga tegishli maʼlumotlarni aralashtirib yuborgan va foydalanuvchilarga boshqa odamlarning shaxsiy maʼlumotlarini koʻrsatgan. Bu haqda Reuters surishtiruvida aytiladi.

20-noyabr, 12:15По-русски

Read in English

techcrunch.com

Reuters Meta kompaniyasi xodimlari Museʼdagi nosozliklarni tasvirlagan ichki yozishmalarni oʻrgandi. Ularning aytishicha, foydalanuvchilar bolalar haqidagi soʻrovlarni, kasbiy faoliyat boʻyicha maslahatlarni va oʻzlari bermagan buyurtmalarni, shuningdek, boshqa odamlarning bank hisoblaridagi qoldiqlarni koʻrgan.

Holatlardan birida agent ob-havo va suv qalqishi haqidagi yozishmaga boshqa odamga tegishli Capital One va Charles Schwab hisobvaraqlari maʼlumotlari aks etgan xabarni qoʻshib yuborgan. Yana bir xodimaning shaxsiy telefonida Muse unga Signalʼdagi opa-singlisiga javob berishni eslatgan — Signal uchdan uchigacha shifrlashdan foydalanadigan ilova. U hamkasblariga agentga boshqa ilovalardan foydalanish imkonini bermaganini va bu haqda undan soʻralganini eslamasligini yozgan.

Muse sentyabr oyida ishga tushirilgan. 10 milliondan ortiq yuklab olish uni eng tez rivojlanayotgan ilovalardan biriga aylantirdi. Meta izoh soʻrab yuborilgan murojaatga darhol javob bermadi.