Mavzular
Siyosat

Eron AQShni yangi hujum yuz bergan taqdirda keng koʻlamli javob haqida ogohlantirdi

Eron parlament qoʻmitasi vakili Hasan Gʻashqaviy Tehronning har qanday yangi hujumga javobi cheklangan yoki qisqa muddatli boʻlmasligini aytdi.

16-noyabr, 11:11По-русски

Read in English

tengrinews.kz

Gʻashqaviy Eron mudofaa va hujum salohiyatini rivojlantirishda sezilarli yutuqlarga erishgani hamda raqibni tiyib turishning muayyan darajasiga yetganini bildirdi. Uning soʻzlariga koʻra, hatto qisqa muddatli hujum ham bir necha kun bilan cheklanmaydigan javob choralariga olib keladi.

Gʻashqaviyning aytishicha, Eronning raqiblariga oʻz hududidan foydalanishga imkon beradigan davlatlar tovon toʻlashi kerak boʻladi.

Avvalroq AQSh razvedkasi Eron 1 500–2 500 ta ballistik raketadan iborat arsenalga ega boʻlishi mumkinligini taxmin qilgan edi. Taxminlarga koʻra, qarama-qarshilik qayta boshlangan taqdirda Tehron ulardan Yaqin Sharqdagi AQSh harbiy obyektlariga zarba berish uchun foydalanishi mumkin. Bu baho taxminiy boʻlib, Eron harbiy arsenalining tiklanishini kuzatishdagi qiyinchiliklar bilan bogʻliq.