Mavzular
Madaniyat

Don Toliver Manchesterdagi hodisadan soʻng Londondagi ikki konsertini boshqa sanalarga koʻchirdi

Amerikalik reper Manchesterda yuz bergan hodisadan soʻng The O2 va OVO Arena Wembleyʼdagi chiqishlarini boshqa sanalarga koʻchirdi.

26-noyabr, 12:35По-русски

Read in English

nme.com

London konsertlarining yangi sanalari tegishlicha 15 va 14 dekabr etib belgilandi. Tashkilotchilar konsertlarni koʻchirishga Toliverning sahna va ishlab chiqarish uskunalari Manchesterda qolib ketgani hamda ularni Londonga vaqtida yetkazib boʻlmagani sabab boʻlganini aytdi.

Har ikki chiqish uchun olingan chiptalar oʻz kuchini saqlab qoladi. Manchesterda boʻlib oʻtmagan konsert uchun tomoshabinlarga pul avtomatik tarzda qaytarilishi vaʼda qilindi.

Hodisadan soʻng Co-op Live arenasidan 12 000 dan ortiq kishi evakuatsiya qilindi. Buyuk Manchester politsiyasi maʼlumotiga koʻra, 89 tashrifchida modda taʼsiri bilan bogʻliq deb taxmin qilinayotgan alomatlar kuzatilgan. Bir ayol shifoxonaga olib ketildi, qolganlarga esa voqea joyida yordam koʻrsatilib, ular vaqtincha Etihad stadioniga joylashtirildi.

Politsiya dastlab olomonga koʻzdan yosh oqizuvchi gaz tarqalgan deb taxmin qildi, biroq bu hozircha tasdiqlanmadi. Idora hodisani kengroq xavf tugʻdirmaydigan alohida holat deb hisoblamoqda va moddaning tarkibi hamda kelib chiqishini aniqlashda davom etmoqda. Hech kim hibsga olinmadi.