Mavzular
Jamiyat

Rossiya futbol terma jamoasi Toshkentga keldi

Jamoa 12-noyabr kuni joriy yigʻin doirasidagi ilk oʻrtoqlik uchrashuvini Oʻzbekiston terma jamoasiga qarshi oʻtkazadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da boshlanadi.

12-noyabr, 16:10По-русски

Read in English

Rossiya terma jamoasi Oʻzbekiston terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvi oldidan Toshkentga yetib keldi. Milliy jamoaning kelgani haqida uning matbuot xizmati Telegramʼda video eʼlon qilib maʼlum qildi.

Uchrashuv 12-noyabr, payshanba kuni boʻlib oʻtadi. Rossiyaning navbatdagi raqibi Venesuela boʻladi — uchrashuv 17-noyabr kuni Moskvadagi «Lujniki» stadionida oʻtkaziladi.