Mavzular
Siyosat

YI Rossiyaga qarshi choralar doirasida 70 dan ortiq kemani sanksiya roʻyxatlariga kiritmoqchi

Yevrokomissiya raisi Ursula fon der Lyayen YI 70 dan ortiq kemani sanksiya roʻyxatlariga kiritmoqchi ekanini aytdi. Rossiyada sugʻurtalangan tankerlarni taqiqlash ham taklif qilinmoqda.

24-noyabr, 15:51По-русски

Read in English

audiovisual.ec.europa.eu

Cheklovlarni Yevropa Ittifoqining Rossiyaga qarshi navbatdagi sanksiyalar paketiga kiritish rejalashtirilmoqda. Gap «Rossiyaning soyadagi floti»ga mansub deb hisoblanadigan kemalar haqida bormoqda.

Bryussel, shuningdek, Rossiyada sugʻurtalangan barcha tankerlar uchun taqiq joriy etishni taklif qilmoqda.