Mavzular
Siyosat

Mers Germaniya byudjetida mablagʻ yetishmasligini tan oldi

Germaniya kansleri davlat endi odatdagi xarajatlarning barchasini soliq tushumlari hisobidan moliyalashtira olmasligini aytdi. Uning soʻzlariga koʻra, hokimiyat va jamiyat byudjet ustuvorliklarini qayta koʻrib chiqishiga toʻgʻri keladi.

25-noyabr, 15:41По-русски

Read in English

handelsblatt.com

Germaniya davlat xarajatlarining barchasini qoplash uchun byudjet mablagʻlari yetishmasligi muammosiga duch keldi. Bu haqda kansler Fridrix Mers 25 noyabr kuni Bundestagdagi chiqishida maʼlum qildi, deb xabar bermoqda TASS.

Hukumat rahbarining soʻzlariga koʻra, mamlakat davlat qaysi xarajatlarni moliyalashtirishi kerakligi haqidagi ayrim odatiy qarashlardan voz kechishiga toʻgʻri keladi. Mers avvalgi xarajatlar darajasini saqlab qolish uchun soliq tushumlari endi yetarli emasligini taʼkidladi.

«Endi hamma narsaga pulimiz yetmaydi», — dedi kansler. Shu bilan birga, u cheklangan mablagʻlarni taqsimlashning mutlaqo adolatli usulini belgilashning imkoni yoʻqligini qayd etdi.

Mersning chiqishi Germaniya byudjetiga bosim kuchayib borayotganini va davlat xarajatlarining turli yoʻnalishlari oʻrtasida tanlov qilish zarurligini aks ettiradi.