Mavzular
Sport

Shaxmat toji uchun bahsda Sindorov va Gukesh yana gʻolibni aniqlay olmadi

Javohir Sindorov va jahon chempioni Dommaraju Gukesh shaxmat toji uchun bahsning uchinchi partiyasini durang bilan yakunladi. 60 yurishdan soʻng hisob 1,5:1,5 boʻldi.

27-noyabr, 12:50По-русски

Read in English

Jenevada oʻtgan partiya deyarli besh soat davom etdi. Qora donalarda oʻynagan Gukesh debyutdayoq tashabbusni qoʻlga oldi va tayyorgarligi evaziga Sindorovning yurishlariga tezkor javob qaytardi. 15 yurishdan soʻng hindistonlik shaxmatchi ikki daqiqadan sal koʻproq vaqt sarflagan boʻlsa, oʻzbekistonlik grossmeyster ancha koʻproq vaqt ishlatdi.

Birinchi vaqt nazorati oldidan Sindorov jiddiy bosim ostida qoldi. 39-yurishga atigi sakkiz soniya qolganida u Bb4 yurishini topishga ulgurdi va bevosita xavfdan qutuldi. Qoʻshimcha vaqt berilgach, oʻzbekistonlik shaxmatchi pozitsiyani barqarorlashtirdi va raqibining hujum imkoniyatlarini chekladi.

Ruhlar almashilganidan soʻng taxtada turli rangdagi fillar qoldi, bu esa gʻalaba ehtimolini kamaytirdi. Gukesh kuchaytirish uchun imkoniyatlar izlashda davom etdi, biroq Sindorov muvozanatni saqlab qoldi va shoh bilan yurishlar takrorlanganidan soʻng raqiblar durangga kelishib oldi.

Keyingi partiya 28 noyabr kuni boʻlib oʻtadi. Unda Gukesh oq donalarda oʻynaydi. Bahs 14 partiyaga moʻljallangan; agar asosiy bosqichdan soʻng hisob tengligicha qolsa, chempion tay-breykda aniqlanadi.