Mavzular
Iqtisodiyot

AQShda ishsizlik nafaqasi uchun arizalar soni 60 yildagi eng past darajaga tushdi

AQShda ishsizlik nafaqasi uchun dastlabki arizalar soni bir haftada 189 minggacha kamaydi — bu 60 yildagi eng past koʻrsatkich, deyiladi Mehnat vazirligi hisobotida.

27-noyabr, 13:08По-русски

Read in English

US Department of Labor / Wikimedia Commons

AQSh Mehnat vazirligi maʼlum qilishicha, koʻrsatkich 13 mingta arizaga kamayib, iyul oʻrtalaridagi darajaga tenglashgan. Oldingi hafta maʼlumotlari qayta koʻrib chiqildi: endi ular 202 mingta arizani tashkil etadi.

Soʻnggi toʻrt haftadagi oʻrtacha murojaatlar soni bir martalik oʻzgarishlarga kamroq bogʻliq boʻlib, 196 minggacha kamaydi. Ekspertlar oʻrtacha hisobda bu koʻrsatkich 200 mingta boʻlishini kutgandi.