Mavzular
Iqtisodiyot

Qozogʻiston «yashil» elektr energiyasini Ozarbayjon orqali Yevropaga eksport qilishni rejalashtirmoqda

Qozogʻiston Ozarbayjon orqali Yevropaga Kaspiy dengizi tubidan oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan kabel orqali «yashil» elektr energiyasi yetkazib berishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Interfax.

27-noyabr, 13:49По-русски

Read in English

Varistor60 / Wikimedia Commons

Qozogʻistonning Ozarbayjondagi elchisi Alim Bayel loyihaga Oʻzbekiston va Ozarbayjon ham qoʻshilganini maʼlum qildi. Uning soʻzlariga koʻra, chuqur suv osti kabeli ustidagi ishlar allaqachon boshlangan. Kabel Markaziy Osiyodan Ozarbayjon orqali Yevropaga elektr energiyasi uzatishi va Kaspiy hamda Qora dengizlar orqali oʻtadigan energetika koʻprigining bir qismiga aylanishi kerak.

Avvalroq Ozarbayjon energetika vaziri Parviz Shahbazov «Markaziy Osiyo — Ozarbayjon» «yashil» energiya koridorini 2032-yilda ishga tushirish rejalashtirilayotganini aytgan edi. Qozogʻiston, Oʻzbekiston va Ozarbayjon bunday energiyani rivojlantirish va uzatish boʻyicha hamkorlik toʻgʻrisidagi kelishuvni 2024-yil 13-noyabrda imzolagan.

Loyihani amalga oshirish uchun uch mamlakat elektr energetikasi tizimlari operatorlari Green Corridor Alliance qoʻshma korxonasini tashkil etdi. Uning tarkibiga «Azərenerji», Qozogʻistonning KEGOC kompaniyasi va «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari» AJ kirdi. Bayel, shuningdek, Qozogʻiston ichki ehtiyojlarni taʼminlash va eksportni yoʻlga qoʻyish uchun elektr energiyasi ishlab chiqarishni oshirmoqchi ekanini, elektr stansiyalari qurilishi esa milliardlab dollar miqdorida investitsiya talab qilishini bildirdi.