Mavzular
Madaniyat

Parijdagi YuNESKO bosh qarorgohida Umar Xayyom merosi muhokama qilindi

Turli mamlakatlardan kelgan olimlar fors-tojik mutafakkirining matematika, astronomiya va adabiyotga qoʻshgan hissasi haqida soʻz yuritdilar.

27-noyabr, 14:39По-русски

Read in English

asiaplus.news

24 noyabr kuni Parijdagi YuNESKO bosh qarorgohida Umar Xayyom merosiga bagʻishlangan xalqaro ilmiy konferensiya boʻlib oʻtdi. Unda Tojikiston va YuNESKO vakillari, diplomatlar, tadqiqotchilar hamda turli mamlakatlardan kelgan olimlar ishtirok etdi.

Ishtirokchilar Xayyomning matematika va astronomiyadagi yutuqlari, sheʼriy asarlari hamda falsafiy qarashlarini muhokama qildilar. Mutafakkir asarlarining jahon fani, adabiyoti va madaniyati rivojiga taʼsiriga alohida eʼtibor qaratildi.

Konferensiyani Tojikiston tashqi ishlar vaziri Sirojiddin Muhriddin va YuNESKO bosh direktorining madaniyat masalalari boʻyicha oʻrinbosari Nayef Al-Fayez ochib berdi.

Tadbir Umar Xayyom va Abu Ali ibn Sino merosiga bagʻishlangan xalqaro dasturning bir qismi boʻldi. Dastur 23 noyabr kuni Ibn Sinoning ilmiy merosi haqidagi konferensiya hamda ikki mutafakkirga oid tarixiy kitoblar va qoʻlyozmalar koʻrgazmasining ochilishi bilan boshlandi. Ekspozitsiya 27 noyabrgacha ishlaydi. Dasturdan tojik sanʼatkorlarining konsertlari ham oʻrin oldi.