«Ovechkinga yoshlar bilan raqobatlashish allaqachon qiyin»: Shchitov Ovechkinning natijadorligi pasaygani haqida
KHL klublarining sobiq himoyachisi Nikita Shchitov Aleksandr Ovechkinga yosh xokkeychilar bilan raqobatlashish qiyinligini aytdi. Hujumchi ketma-ket 16 ta uchrashuvda gol ura olmayapti.
27-noyabr, 15:13По-русски

championat.com
Shchitovning fikricha, NHLdagi yosh xokkeychilar qarorlarni tezroq qabul qiladi va yaxshiroq harakatlanadi, shu sabab 41 yoshli Ovechkinga ular bilan raqobatlashish qiyinroq. Golsiz seriya rossiyalik hujumchi uchun shaxsiy antirekord boʻldi.
Ovechkin joriy mavsumda 21 ta uchrashuv oʻtkazib, 7 (1+6) ochko jamgʻardi. Shchitovning hisoblashicha, hujumchi hali jismoniy holatini yaxshilashi va Ueyn Gretski rekordigacha qolgan shaybalarni kiritishi mumkin. U, shuningdek, sheriklari Ovechkinga zarba berish uchun koʻproq imkoniyat yaratishiga umid qilmoqda.



